Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Pishloqning qaysi turi umrni uzaytiradi?
14:15

Pishloqning qaysi turi umrni uzaytiradi?


Pishloq foydali mahsulot ekanligiga shubha yo‘q. Uni eng ko‘p iste’mol qiluvchi Fransiya, Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda uzoq umr ko‘ruvchilar ko‘p qayd etilishi bejizga emas.

Texas universiteti olimlari o‘z tadqiqotlarida chedder, bri va parmezan kabi pishloqlar tarkibida spermidin moddasi borligini ta’kidlashadi. U arterial qon bosimini pasaytirib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 40 foizga kamaytiradi. Tajriba natijalariga ko‘ra, hayvonlar ozuqasiga spermidin qo‘shilganda ular 25 foiz uzoqroq yashashgan.

Ammo rossiyalik shifokorlar texaslik mutaxassislarning fikriga qo‘shilmaydi.

«To‘g‘ri, sifatli pishloqni me’yorda (kuniga 30 grammgacha) iste’mol qilish foyda keltiradi, — deydi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Milliy tibbiyot endokrinologiya ilmiy-tadqiqot markazi endokrinologi Larisa Saveleva. — Ammo umr ko‘rish davomiyligiga parhezdan tashqari boshqa ko‘plab omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ustiga-ustak, laboratoriya tajribalari shu paytgacha faqat hayvonlar ustida o‘tkazilgan. Ularning natijalarini esa har doim ham odamlarga qo‘llab bo‘lmaydi».


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: umrni, uzaytiradi, Pishloqning | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя