Главная » 2018 » Март » 29 » Pissa tayyorlaymiz
20:30

Pissa tayyorlaymiz


Bugun ajoyib ta'mli bu yegulikni tayyorlaymiz va yaqinlarimizni hayratda qoldiramiz. Tayyor bo'lsangiz, unda boshladik!

Idishga iliq suv, shakar, bir chimdim tuz, xamirturush va 1 osh qoshiq un solamiz va aralashtiramiz.10-15 daqiqadan keyin aralashma usti ko'pirib chiqadi.

Kattaroq idishga unni solamiz, ustidan yog', tuz va ko'pirgan xamirturushli aralashmani solib, xamir qoramiz.Xamirni 10 daqiqadan kam qormang.

Xamirni ustiga yog' surtamiz va oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 1-1.5 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Xamir oshib chiqqanidan so'ng olamiz va uni 3 ta teng qismga bo'lamiz.Har bir xamirni pitsaga mos qilib yoyib olamiz.

Yoygan pitsalarimizning ustiga 2 osh qoshiqdan pomidor qaylasi surtib chiqamiz.

Kolbasa, sosiska, bulg'or qaqlampiri va qo'ziqorinni to'g'rab olamiz va pitsaning ustiga terib chiqamiz.

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib ustidan sepamiz.300 C da 7 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: pissa, tayyorlaymiz | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя