Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » Piyoda yurish, yoga bilan shug‘ullanish — erta qarishning oldini oladigan odatlar
21:05

Piyoda yurish, yoga bilan shug‘ullanish — erta qarishning oldini oladigan odatlar


Qarilikni inkor qilib bo‘lmaydi, lekin uni kechiktirish mumkin. Buning uchun salomatlikka e’tiborli bo‘lish, to‘g‘ri turmush tarziga amal qilish kerak bo‘ladi. “Domashniy ochag” jurnali yoshlikni uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan odatlar qaysiligiga to'xtaldi.

Piyoda yurish

Kuniga 40 daqiqa piyoda yurgan odamda xotira bilan bog‘liq hech qanday muammo kuzatilmaydi. Illinoys universiteti olimi Artur Krammerning o‘tkazgan tadqiqotida muntazam piyoda yuradiganlar miyasining xotira uchun javob beradigan qismi ancha yaxshi bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, fazoviy xotirasi hamda neyronlarning tashkil topishida ahamiyatli bo‘lgan oqsil turi ham yaxshiroq ishlab chiqarilishi ma’​lum bo‘​lgan.

Yoga 

Ogoyo universiteti mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotda yoga bilan shug‘ullanadigan ayollar qonida qarishdan darak beruvchi markerlardan biri hisoblangan sikotin kam miqdorda bo‘​lishi aniqlangan. Bundan tashqari ushbu sharq gimnastikasi qandli diabet, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfini ham kamaytiradi.

Quyoshda toblaning

Quyosh nuridan 10-15 daqiqa bahra olinganda organizm kerakli miqdorda D vitamin bilan to‘yinadi. Londonning Qirollik kolleji professorlarining ta’kidlashiga qaraganda, organizmida D vitamini ko‘p bo‘lganlar “quyosh vitamini” yetishmaydigan tengdoshlariga nisbatan 5 yoshga yoshroq ko‘rinadi.

Diplomga ega bo‘lish

Diplomni yosh ko‘rinishga nima aloqasi bor, deb o‘ylaganlarga London universiteti olimlarining chiqargan xulosalari javob bo‘la oladi. 400 nafar keksa yoshli ishtirokchi bilan o‘tkazilgan tadqiqotda universitetni tamomlagan insonlar nisbatan sekin qarishi aniqlangan. Ammo olimlar buning sababi nima bilan bog‘liq ekanini hali aniqlashganicha yo‘q.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: shug‘ullanish, oldini oladigan, Piyoda yurish, yoga, odatlar, erta qarishning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя