Главная » 2020 » Сентябрь » 8 » Pnevmoniya boshlanganini bildiruvchi oddiy simptomlar
13:39

Pnevmoniya boshlanganini bildiruvchi oddiy simptomlar


Shamollash va nafas yo‘llari bilan bog‘liq kasalliklarni o‘tkazib yuborish ayrim holda pnevmoniyaga olib kelishi ham mumkin. “Domashniy ochag” nashri yashirin pnevmoniyada kuzatiladigan asosiy simptomlarga to'xtalib o'tadi.

Pulsning tezlashishi

Yurak urishining tezlashishi bejizga bo‘lmasligi mumkin. Pulsingizni tekshirib ko‘ring, agar 1 daqiqada 100 martadan ko‘p bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

Ko‘krak sohasida og‘riq

O‘pkada infeksiya bo‘lsa, ko‘krak sohasida og‘riq kuzatilishi, yo‘talganda yoqimsiz his yoki og‘riq sezishingiz mumkin. Og‘riqning to‘xtamasligi mutaxassisga zudlik bilan murojaat qilish uchun asosli sabab bo‘la oladi.

Ho‘l va holdan toydiradigan darajadagi yo‘tal

Yo‘talning quruq bo‘lmasligi yaxshi, chunki bunday yo‘tal balg‘am ko‘chishiga yordam beradi. Lekin yo‘tal doimiy ho‘l bo‘lsa va yengillik his etilmasa, shifokor qabuliga yozilish kerak. Tinkani quritadigan yo‘tal pnevmoniyaning alomati bo‘lishi mumkin.

Yo‘talganda qon aralash ajralma

Yo‘talgandagi ajralma qon aralash yoki zang rangiga o‘xshab ketsa, bu o‘pkada infeksiya borligidan dalolat berishi mumkin. Bu juda ham jiddiy simptom hisoblanadi va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Titrash

Titrash va yuqori harorat o‘pkalarda yallig‘lanish borligidan darak berishi mumkin. Sizda ushbu holat kuzatilsa, ikkilanib o‘tirmay mutaxassis ko‘rigidan o‘ting.

Nafas olishning qiyinlashishi

Nafas olishda qiynalish, befarq bo‘lish kerak bo‘lmagan pnevmoniyaning yana bir simptomlaridan biri hisoblanadi va aksar hollarda infeksiya yaxshigina tarqalib bo‘lganidan keyin kuzatiladi. Darhol tibbiyot xodimlariga murojaat qilish kerak, aks holda qon yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlamasligi oqibatida bosh aylanib, hushdan ketish mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: boshlanganini, oddiy, Pnevmoniya, simptomlar, bildiruvchi | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя