Главная » 2021 » Январь » 4 » «Pochka qismimni sotaman». Toshkentlik fuqaro buyragini sotish uchun e’lon berdi
08:34

«Pochka qismimni sotaman». Toshkentlik fuqaro buyragini sotish uchun e’lon berdi


Toshkentda 29 yoshli fuqaro buyragini sotish uchun «OLX»ga e’lon berdi. U buyragini 2 ming dollarga baholagan. Bu haqda "teznews.uz" xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro buyragini 2 ming AQSh dollariga sotish uchun e’lon bergan.

«Pochkamni sotaman, yoshim 29 da. Iloji boricha tezroq. Telefon raqamim orqali batafsil ma’lumot beriladi. Sog‘lom», — deb yozadi fuqaro e’lon haqida keltirilgan tavsifda. E’lon beruvchi o‘zining shaxsi va jinsi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagan.

Ma’lumot uchun, Yevropada inson ichki organlari, jumladan, ingichka ichak – 2,5 ming dollar, buyraklar – 70 ming dollar, yurak – 250 ming dollar, o‘pka – 20 ming dollar, ko‘zning shox pardasi – 5 ming dollar, jigar – 120 ming dollar, bosh – 5 million dollar, oshqozon – 10 ming dollar, tuxum hujayralar – o‘rtacha 7,5 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda buyrak 10 million tenge, ya’ni 23 611 dollarga baholangan. Shuningdek, kiyevlik Ulyana buyragi uchun deyarli 350 ming dollar so‘ragan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentlik, sotaman, buyragini, Pochka, e’lon, sotish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя