Главная » 2018 » Июнь » 21 » Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi
20:33

Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi


Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi, deb yozmoqda The News.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning familiyasi — Abrar, u avtobus kompaniyasida qorovul bo‘lib ishlagan. Abrar o‘zi ishlaydigan kompaniyaning 18 yoshli xodimi, Mexvish ismli qizga unga turmushga chiqishni taklif qilgan. Biroq Mexvish taklifni rad qilgan. Abrar ish kuni tugagach, qizning orqasida borib, uning peshonasini mo‘ljalga olgan. Qiz voqea joyida jon bergan. Kuzatuv kemerasidan olingan tasvirlarga qaraganda, Abrar o‘q uzishdan avval qizning qo‘lidan tutgan va unga nimadir degan.

Abrar jinoyat joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq kompaniyaning boshqa xodimlari uni tutib, politsiyaga topshirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Mexvish otasining o‘limidan keyin oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qiz, Erkak, turmushga chiqishdan, otib o‘ldirdi, bosh tortgan, Pokiston, Unga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя