Главная » 2020 » Май » 22 » Pokistonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi
16:11

Pokistonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi


Pokistonda Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus 320 rusumli yo‘lovchi samolyot qulab tushdi.
Layner mamlakatning asosiy shaharlaridan biri Lohurdan janubdagi port shahar Karachiga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Geo TV telekanali ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Karachidagi «Jinna» aeroporti yaqinida, qo‘nish vaqtidan bir daqiqa oldin halokatga uchragan. 
Samolyot aholi yashaydigan hududga qulagan.
Aviahalokat qurbonlari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra samolyot bortida 107 kishi bo‘lgan.
Halokat ro‘y bergan hududga qutqaruvchilar va armiya bo‘linmalari yo‘l olgan.

Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: halokatga uchradi, Pokistonda, Samolyot, yo‘lovchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя