Главная » 2020 » Апрель » 4 » Polsha koronavirusga qarshi dori yaratganini ma’lum qildi
22:47

Polsha koronavirusga qarshi dori yaratganini ma’lum qildi


Polshaning Krakov shahridagi Yagellon universiteti olimlari koronavirus infeksiyasi tarqalishini sezilarli darajada sekinlashtiradigan modda yaratganliklarini e’lon qilishdi.

"Biz yaratgan modda dunyo miqyosida innovasiondir", dedi jurnalistlarga virusshunos professor Kshishtof Pirch.
Tadqiqotchilar natijalarni "dori tayyorlash yo‘lidagi birinchi ijobiy qadam" deb hisoblashadi.

Yagellon universiteti tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan modda HTCC deb nomlangan kimyoviy birikma. Ta’kidlanishicha, bu koronavirus infeksiyasini kamaytiradi.

Bu modda patentlangan, u ilgari hayvonlarda sinovdan o‘tgan. Ammo odamlarda foydalanish uchun u hali tasdiqlanmagan.

HTCC – qisqichbaqalar yoki qo‘ziqorinlardan olingan aralashma asosida yaratilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя