Главная » 2020 » Март » 26 » Polshada 23 yil kapsulada saqlangan BMW auksionga qo‘yildi (foto)
19:22

Polshada 23 yil kapsulada saqlangan BMW auksionga qo‘yildi (foto)


eBay’da sotib olinganidan buyon havo aylanuvchi maxsus kapsulada saqlangan BMW 7-Series avtomobili auksionga qo‘yildi. 1997-yilda ishlab chiqarilgan sedanning odometriga ko‘ra, mashina 254 kilometr yurgan, deb xabar beradi Motor.

Avtomobilning hozirgi egasi uni 1927-yili tug‘ilgan ayoldan sotib olgan va saqlash uchun garajiga joylashtirgan. Mashina 50 700 yevroga baholanmoqda.

E38 kuzovida yaratilgan BMW’ning egasi 1997-yilda mashinani xarid qilishi bilanoq “konservalab qo‘ygan”. Ta’kidlanishicha, havoning mexanik aylanishi sabab sedan juda yaxshi holatda saqlangan va dunyoda bu kabi holatda saqlangan birorta 7-Series mavjud emas.

BMW 7-Series’ga 286 ot kuchiga ega 4,4 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. Uzatmasi — orqa o‘qda, uzatmalar qutisi — besh pog‘onali avtomat.
Ayni vaqtda ushbu avtomobil Polshaning Gogolin shahrida saqlanmoqda, ammo mashina egasi uni Yevropa ittifoqidagi istalgan mamlakatga jo‘natishga tayyor. Auksion 31-martga qadar davom etadi.
 

e125b04083d40c2347f32f06ab60f09ea29aad54.jpg (908×600)
0aa365b3d9e99d91285991ff533a352ad8e474ac.jpg (908×600)

41397f18520d86ca94fe40fd2f1eca45841e9d5a.jpg (908×600)


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя