Главная » 2016 » Декабрь » 3 » Pomidor sharbatidan somsa - shunaqasi ham bo‘ladi!
11:45

Pomidor sharbatidan somsa - shunaqasi ham bo‘ladi!


Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 1 st. pomidor sharbati, 80 ml. o‘simlik yog‘i; ichiga solishga: 400 gr. mol go‘shti qiymasi, 2-3 bosh piyoz, 1 bog‘ selderey ko‘kati, tuz, qora murch, sedana urug‘i; ustiga sepishga: tuxum sarig‘i, pista mag‘zi.

Tayyorlanishi: 1. Pomidor sharbatiga bir chimdim tuz soling. O‘simlik yog‘i va un qo‘shib, xamir qoring. Tayyor bo‘lgach, xamirni sellofanga o‘rab, 15 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.

2. Go‘sht qiymasiga mayda to‘g‘ralgan piyoz va selderey ko‘katini qo‘shib, ziravorlar bilan ta’mini sozlab oling.

3. Tingan xamirdan kichik zuvalachalar yasang. Har birini yupqalab yoyib, o‘rtasiga qiyma soling. So‘ng uchburchak shaklda tugib chiqasiz.

4. Tugilgan somsalarni yog‘langan gaz pechi patnisiga joylab, yuziga atalangan tuxum surting va pista mag‘zi bilan bezating. Somsalar 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqada tayyor bo‘ladi.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa

8 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: somsa, Pomidor sharbati, Pomidor sharbatidan somsa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя