Главная » 2020 » Июль » 14 » Portugaliyada politsiya gidrosiklni mustaqil boshqargan Ronalduning 10 yoshli o‘g‘li borasida tekshiruv boshladi
16:26

Portugaliyada politsiya gidrosiklni mustaqil boshqargan Ronalduning 10 yoshli o‘g‘li borasida tekshiruv boshladi


Madeyra oroli (Portugaliya) politsiyasi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li mustaqil ravishda suv chang‘isini boshqarayotgani aks etgan video paydo bo‘lganidan so‘ng tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, video muallifi bolaning xolasi – Elma sanaladi. Aynan u videoni ijtimoiy tarmoqlarga yuklagan. Portugaliya matbuoti videoning shanba kuni Madeyra janubidagi Pol do Mar shahrida olinganini ta’kidlamoqda.

Dengiz politsiyasi rahbari tergov ishlari olib borilayotganini tasdiqladi. U nima bo‘lganidan xabardor ekanini va hozirda aynan nima bo‘lganini aniqlash ishlari olib borilayotganini aytdi. Shuningdek, u katta tezlikda harakatlanadigan suv chang‘ilaridan (gidrosikl) foydalanish uchun maxsus guvohnoma talab qilinishini va faqat kattalargina unga ega bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Portugaliya qonunchiligiga binoan, litsenziyasiz suv chang‘isini boshqarish uchun jarima 268 dan 2,6 ming funt sterlinggacha, guruhlar yoki xususiy firmalar esa 10,7 ming funtgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Biroq 13-iyul kuni ushbu video Elmaning Instagram’dagi sahifasidan o‘chirilgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu ushbu mavsumda Italiya chempionatida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: politsiya, tekshiruv boshladi, 10 yoshli o‘g‘li, Ronalduning, Portugaliyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя