Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Poytaxtda sovuq kunlarda «sovuq xabarlar» ko‘paydi
13:45

Poytaxtda sovuq kunlarda «sovuq xabarlar» ko‘paydi


Toshkent shahar Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgani sababli qator manzillarda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlar:

  • Qizil Sharq mavzesi;
  • Al-Xorazmiy mavzesi;
  • Chilonzor-18, 19, 20 mavzelari.

Bunda barcha xonadonlarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.

Kuni kecha Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qolgani ma’lum qilingandi.

Unda Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasidan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelganligi sababli bir qator manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatilgani aytilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘paydi, Sovuq, kunlarda, poytaxtda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя