Главная » 2021 » Март » 11 » Prezident farmoni bilan bir qator taqiq va talablar bekor qilinishi kutilmoqda
10:46

Prezident farmoni bilan bir qator taqiq va talablar bekor qilinishi kutilmoqda


Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, 2021-yilning 1-mayidan:

  • tijorat banklarga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq;
  • davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida oldindan 15 foiz to‘lovni belgilashga doir talabi;
  • qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab;
  • notariuslar tomonidan shartnomalarni tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida axborot olish bo‘yicha talab bekor qilinadi.

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olishga ham ruxsat beriladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bekor, taqiq, Farmoni, kutilmoqda, prezident, talablar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя