Главная » 2021 » Март » 11 » Prezident ipoteka krediti ajratishga oid farmonni imzoladi
20:19

Prezident ipoteka krediti ajratishga oid farmonni imzoladi


«Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6186-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.

Farmon bilan 2021 yilda yangi tartib doirasida:

  • respublika bo‘yicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;
  • qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli arzon uy-joylar;
  • fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Shuningdek, 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori tasdiqlandi.

Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy etilgan edi).

Bunda:

  • kreditlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratiladi;
  • kreditlar ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) muddatga ajratiladi;
  • daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi;
  • subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: imzoladi, ipoteka, farmonni, krediti, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя