Главная » 2021 » Апрель » 13 » Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda 4 ta OTM rektori “uchdi”
17:49

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda 4 ta OTM rektori “uchdi”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. 

Yig‘ilishda mamlakatdagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi rektori lavozimidan ozod etildi. 

Farg‘ona davlat universiteti rektori Ravshan Maqsudov; 

Samarqand arxitektura va qurilish instituti Sulton Ahmedov;

Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti Mamirjon Otajonov;

Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori Tolmas Olimov yoshlar bilan ishlashda sustkashlik qilgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Boshqa oliy ta’lim muassasalari rektorlari qat’iy ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudov, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari esa yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani, Xo‘jayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari esa yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etildi. 


Manba: "qalampi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rektori, uchdi, prezident, OTM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя