Главная » 2020 » Февраль » 10 » Prezident “Parazitlar”ni tabrikladi
21:28

Prezident “Parazitlar”ni tabrikladi


Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In “Parazitlar” kinokartinasining rejissyori, aktyorlari va suratga olish guruhini “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritishgani bilan tabrikladi.

AQSH kinoakademiyasini 92-mukofotlash marosimi Los-Anjelesda 9 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Janubiy Koreyalik rejissyor Pon Chjun Xoning "Parazitlar" kinokartinasi yilning eng yaxshi filmi deya e’tirof etildi. U “Oskar” tarixida xorijiy tilda bosh mukofotni qo‘lga kiritgan ilk film bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu kinoasar rejissyorlik ishi, ssenariy va eng yaxshi xorijiy film sifatida ham “Oskar”ga loyiq ko‘rildi.

"Parazitlar" koreys uslubi hikoyasi bilan odamlarning qalbiga ta’sir qildi va noyob va batafsil rejissyorlik ishi, ma’noli dialoglar, ssenariy, montaj, musiqa, san’at va aktyorlarning chiqishlari orqali dunyoga o‘z kuchini isbotladi...”, dedi Prezident Mun Chje In.

Prezident rejissyor va uning guruhi tomonidan qilinajak yangi ishni kutayotganini ta’kidladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя