Главная » 2017 » Май » 30 » Prezident Qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari ichki bozorda so‘mga sotiladi
17:39

Prezident Qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari ichki bozorda so‘mga sotiladi


26 may kuni “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga narxlar shakllanishini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlariga narxlar shakllanish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AKning 2017 yilning 1 iyunidan boshlab “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning barcha avtomobil modellarini ichki bozorda milliy valyuta – so‘mga sotishga o‘tish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

“O‘zavtosanoat” AK 2017 yilning 1 iyunigacha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yengil avtomobillar yetkazib berish va to‘lovlarni qabul qilish, shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy shartlar va belgilangan muddatlarda to‘lovlarni xalqaro plastik kartochkalari orqali amalga oshirish, tashqi bozorlarni va eksport qilinayotgan mahsulotlar turlarini yanada diversifikatsiyalash, tashqi bozorlardagi o‘rnimizni mustahkamlash hisobiga eksport hajmini ko‘paytirish topshirildi.

Qarorga ko‘ra, kompaniya yangi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan investisiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish, butlovchi qism va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy xomashyo va materiallarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish hisobiga importning ulushini kamaytirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirish topshirildi.

Qarorning to‘liq matni bilan O‘zAda tanishishingiz mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ichki bozor, avtomobil, Prezident qarori, GM Uzbekistan, so‘mga sotiladi | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя