Главная » 2017 » Май » 4 » Prezident Qarori bilan O`zbekistonda yangi teleradiokanal tashkil etiladi
19:03

Prezident Qarori bilan O`zbekistonda yangi teleradiokanal tashkil etiladi


O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Milliy teleradiokompaniya tarkibida “O`zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to`g`risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashriga tayanib “Daryo.uz” xabar bermoqda.

Xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo`ladigan va butun respublika bo`ylab kun-u tun efirga uzatiladigan yangi kanal ishga tushirilishidan ko`zda tutilgan maqsad aholiga xolis va ishonchli axborot etkazish, mamlakat mediahududini sifatli axborot-tahlil mahsuloti bilan boyitish, mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish ekanligi bildirilmoqda.

Davlat organlari mas`ul rahbarlarining aholi bilan ochiq va to`g`ridan-to`g`ri muloqotini yo`lga qo`yish, sharhlovchilar, ekspertlar, akademik doiralar vakillarini joylardagi dolzarb masalalar va fuqarolarning muammolarini muhokama etish va hal qilish uchun jalb etilishi ham “O`zbekiston 24” vazifalari sirasiga kiradi.

Mazkur qaror bilan “Diyor” telekanali va “Toshkent” radiokanali tugatiladi, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o`tadi. “O`zbekiston 24” teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat bo`lishi ko`zda tutilgan.

“O`zbekiston 24” SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to`liq o`tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Yangi kanal yaqin oylarda efirga chiqishi kutilmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yangi teleradiokanal, bilan, Prezident qarori, Ozbekiston, tashkil etiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя