Главная » 2018 » Июль » 4 » Prezident qarori: O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi
20:35

Prezident qarori: O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi


O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.

Qarorga muvofiq:

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilandi;

kripto-aktivlar sohasida mayning, smart-kontraktlar, «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi;

«blokcheyn» texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi;

jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi kripto-aktivlar aylanmasi va ulardan olingan daromadlar soliqqa solish ob’ektlari bo‘lib hisoblanmaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Prezident qarori, joriy qilinadi, O‘zbekiston, blokcheyn, texnologiyalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя