Главная » 2020 » Декабрь » 29 » Prezident Tanzila Norboyevaga yangi lavozimni ishonib topshirdi
14:35

Prezident Tanzila Norboyevaga yangi lavozimni ishonib topshirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat raisi Tanzila Norboyeyevaga yangi lavozimni topshirdi. Unga ko‘ra, Norboyeva yangi tashkil etiladigan Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashiga ham raislik qiladi. 

"Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Xabaringiz bor, ayni paytda Kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshida mutasaddi idoralar, banklar va hokimlar tomonidan joylarda uyma-uy yurib, 6 milliondan ortiq xotin-qizlarning muammolari puxta o‘rganildi. Achchiq bo‘lsa ham to‘g‘risini tan olib, aytish kerak, bu o‘rganishlarimiz natijasida joylardagi ayollarimiz dardu hasratlariga to‘la bo‘lgan adolatli haqiqat yuzaga keldi. Shu asosida “Ayollar daftari” shakllantirilmoqda. Ularning qiynayotgan ko‘plab muammolarga yechim topilmoqda. Bu ishlarga mahallalarda tashkil etilayotgan Ayollar maslahat kengashlari ham yaqindan ko‘mak bermoqda. Lekin, bu hali ayollar muammolarini yechish uchun biz bajarishimiz shart va zarur bo‘lgan ishlarning boshlanishi, xolos. Bu birinchi qadamlar”, deydi Prezident.

Uning qayd etishicha, mamlakatda istiqomat qilayotgan 17 millondan ziyod ayollarning yuragidagi orzu-umidlarni ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish zarur. 

“Ayollarning andisha qilib, biz erkaklarga ayta olmagan dardu tashvishlari, kundalik muammolari, orzu niyatlarini ularning o‘zidan yaxshi tushunadigan inson yo‘q”, deydi Prezident.  

Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha navbatdagi qadam sifatida, hayotni va ayollar muammolarini yaxshi biladigan, faol va tashabbuskor ayollardan iborat Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

Unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tanzila Norboyeva raislik qiladi. 

Viloyat, shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: lavozimni, ishonib, Tanzila Norboyevaga, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя