Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » Prezident yangi qonunni imzoladi
12:49

Prezident yangi qonunni imzoladi


«Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qonun bilan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga o‘tkazildi.

Kotibiyatlar yuridik shaxs hisoblanadi va ularning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

Kotibiyat tuzilmasi, shtatlar, xodimlarning mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yangi qonunni, imzoladi, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя