Главная » 2021 » Февраль » 6 » Prezidentga murojaati bilan tanilgan prokuror ishdan olindi. Nimalar ma’lum?
21:55

Prezidentga murojaati bilan tanilgan prokuror ishdan olindi. Nimalar ma’lum?


Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishdan keyin o‘z lavozimiga qaytgan Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning iste’foga chiqarilgani aytilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Rost24.uzga ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Fozilov o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoq orqali prezidentga murojaat qilishi ortidan tilga tushgandi. Ma’lum vaqt o‘tib, uning murojaatini Respublika idoralararo komissiyasi o‘rganishni boshladi.

Xizmat tekshiruvi poyoniga yetguncha vaqtincha vazifasidan chetlatilgan prokuror yakunda lavozimiga qaytdi. Shu barobarida «hayfsan» intizomiy jazosiga tortildi ham.

Keyinroq uning ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar tarqalgan, ammo rasmiy tasdig‘ini topmagandi. Jasur Fozilovning o‘zi esa unga nisbatan «hech qanday tazyiq yoki bosim bo‘layotgani yo‘q»ligini aytgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: murojaati, ishdan olindi, Prezidentga, Prokuror | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя