Главная » 2017 » Апрель » 22 » Prezidentning Olmazorga tashrifidan batafsil videoreportaj
10:24

Prezidentning Olmazorga tashrifidan batafsil videoreportaj


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 21 aprel kuni Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishish maqsadida Toshkent shahar Olmazor tumanida bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi va ko‘p qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi.

Shuningdek, Talabalar shaharchasi hududida quriladigan Axborot-resurs markazi loyihasi bilan ham tanishdi.

Prezident Olmazor tumanidagi "Tabassum" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Mahalla hayoti bilan tanishib, aholi bilan muloqot qilar ekan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha islohotlar, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi “Oniks Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, tuman faollari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoev aholi murojaatlariga nisbatan loqaydlik va e’tiborsizlikni jiddiy tanqid ostiga oldi. Aniqlanishicha, xalqning 90 foiz murojaatiga umumiy tarzda javob berilgan bo‘lib, osongina qutulib qo‘yilgan.

Bobur Jalolov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: videoreportaj, tashrif, Olmazor, prezident, batafsil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя