Главная » 2021 » Май » 10 » Prezidentning ushbu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi
11:58

Prezidentning ushbu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov navbatdagi brifingini o‘tkazdi. U ushbu haftada rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida ham ma’lumot berdi.

«Hurmatli hamkasblar, bu haftada ham muhim tadbirlarimiz ko‘p.

Bugun davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkaziladi. Shuningdek, hafta davomida sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

 Xalqaro tadbirlar rejasiga kelsak, bu hafta Prezidentimiz Yaponiya yetakchisi hamda mintaqamiz mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mana, muborak Ramazon oyi tugashiga ham oz vaqt qoldi. Shu kunlarda hurmatli Prezidentimizga Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi bo‘yicha axborot beriladi. Qabul qilinadigan qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi», dedi Sherzod Asadov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Prezidentning, ish rejasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя