Главная » 2020 » Апрель » 2 » Professor: koronavirus yozda yo‘qolib, qishda yana paydo bo‘lishi mumkin
19:48

Professor: koronavirus yozda yo‘qolib, qishda yana paydo bo‘lishi mumkin


COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bir yildan so‘ng takrorlanishi, yanada agressivroq kasallik paydo bo‘lishi mumkin, deydi shifokor-epidemiolog Igor Gundarov.

Professor va tibbiyot fanlari doktori Gundarovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi mavsumiy kasallik hisoblanadi — qishda faollashadi, yozda yo‘qoladi, keyingi yil qishda esa uning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat takrorlanishi hech gap emas.

Uning fikricha, bu yil qishdagi COVID-19 pandemiyasiga sog‘liqni saqlash tizimidagi muvaffaqiyatlar sabab bo‘ldi — ularning sharofati bilan grippning A va B tiplari deyarli yo‘q qilindi, koronavirus shtammlari esa ularning o‘rnida bo‘shab qolgan joyda ko‘paya boshladi.

«Etik bilan bir virusni ezib o‘ldirib, uning o‘rnida boshqasini yetishtirdik. Koronavirus grippga qaraganda kuchliroq bo‘lib chiqdi. Keyingi kasallik yanada agressivroq bo‘lishi mumkin», — deydi epidemiologiya va profilaktika sohasidagi mutaxassis.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя