Главная » 2021 » Апрель » 3 » Prokuratura o‘z ko‘kragiga o‘q uzib, joniga qasd qilgan IIB xodimi haqida ma’lumot berdi
20:58

Prokuratura o‘z ko‘kragiga o‘q uzib, joniga qasd qilgan IIB xodimi haqida ma’lumot berdi


Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bo‘lib o‘tgan hodisa – IIB xodimining o‘z ko‘krak qismiga o‘q uzib, vafot etgani haqida xabar tarqalgandi. Viloyat prokuraturasi “Huquq va iste’molchi” gazetasida chop etilgan maqola bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, hodisa o‘tgan yil 29 avgust kuni sodir bo‘lgan. Soat taxminan 09:40 larda Do‘stlik tuman IIB ma’muriy binosining nazorat o‘tkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bo‘lgan marhum Sh.B. o‘ziga biriktirilgan “Makarov” nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan ko‘krak qismiga bir marotaba o‘q uzib, tan jarohati olgani sababli tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, Sh.B. soat 10:30 larda vafot etgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xodimi, o‘q, Prokuratura, ko‘kragiga, qasd, ma’lumot berdi, joniga, uzib, IIB | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя