Главная » 2021 » Июнь » 26 » PSJ uch yirik transfer uchun Mbappedan voz kechmoqchi
16:33

PSJ uch yirik transfer uchun Mbappedan voz kechmoqchi


Angliyaning “Liverpul” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mersisayd klubi ushbu transfer yuzasidan Parij klubiga taklif yuborgan, PSJ ham ushbu manfaatli taklifni o‘ylab ko‘rishini ma’lum qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yozda fransuzlar Pol Pogba, Krishtianu Ronaldu hamda Serxio Ramos transferlarini amalga oshirishni niyat qilgan, buning uchun esa yirik miqdordagi mablag‘ talab etiladi. Bu yo‘lda ular qimmatbaho Mbappedan voz kechishga ham tayyor.

Kilianning o‘zi faqat “Real Madrid”ga o‘tishni xohlamoqda, lekin klubi u bilan shartnomani uzaytirmasa, u Parijni tark etishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, u yakuniga yetgan mavsumda Fransiya chempionatida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol hamda 7 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: PSJ, Mbappedan, TRANSFER | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя