Главная » 2020 » Сентябрь » 24 » Pulmonolog o‘pka zararlanishining ilk alomatlarini ma’lum qildi
21:46

Pulmonolog o‘pka zararlanishining ilk alomatlarini ma’lum qildi


Shifokor-pulmonolog Sergey Puryasev «Govorit Moskva» radiosiga bergan intervyusida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish talab etiladigan o‘pka zararlanishining ilk alomatlarini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, nafas siqishi, yo‘tal, isitma va balg‘am ko‘chishiga alohida ahamiyat berish kerak.

Shifokorning ta’kidlashicha, hatto, o‘pka kasalliklarida surunkali nafas siqilishidan qiynalayotgan odamlar ham sog‘ligi yomonlashayotganini darrov payqashadi.

«Ular nafasi siqayotganini boshqa holatlardan yaxshi ajratadi. Agar u uzoq yillar, deylik, jismoniy yuklama paytida bo‘g‘ilgan bo‘lsa, keyin esa birdan nafasi siqishi o‘zgarsa, ya’ni kuchaysa, u darrov xavotirga tushadi», — deya izohladi Puryasev.

Pulmonologning fikricha, ko‘pincha odamlar ilk alomatlarga e’tibor bermaydi. Bu esa kelgusida davolanishni qiyinlashtiradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ilk alomatlarini, zararlanishining, o‘pka, Pulmonolog, ma’lum qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя