Главная » 2021 » Март » 18 » Putin Baydenning so‘zlariga hazilomuz, lekin achchiqqina javob qaytardi
22:34

Putin Baydenning so‘zlariga hazilomuz, lekin achchiqqina javob qaytardi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir kun oldin jurnalistga bergan intervyusida u haqida salbiy munosabat bildirgan amerikalik hamkasbi Jo Baydenga sog‘liq tiladi.

AQSh prezidenti AVS telekanaliga bergan intervyusida Putin Amerika saylovlariga «aralashgani» uchun javob berishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, OAV vakilining «Rossiya rahbarini «qotil» deb hisoblaysizmi?» degan savoliga Bayden tasdiqlovchi javob qaytargan.

«Biroq boshqa odamlar, boshqa davlatlar, boshqa xalqlarni baholayotganimizda doimo ko‘zgudagi aksimizga qarayotgandek bo‘lamiz. Biz doimo u yerda o‘zimizni ko‘ramiz», — deya ta’kidladi Putin.

Rossiya rahbari, shuningdek, har bir xalq tarixida «dramatik va qonli hodisalar ko‘p bo‘lganiga» to‘xtalib o‘tdi.

«Bolalikda bir-birimiz bilan tortishib qolganimizda: «Kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa», derdik. Bu bejizga emas. Bu shunchaki bolaning gapi va hazili ham emas. Bu juda chuqur ma’noga ega. Biz hamisha boshqa odamlarda o‘z xususiyatlarimizni ko‘ramiz va ularni o‘zimiz kabi odamlar deb o‘ylaymiz», — dedi Putin.

Putin yaqin kunlarda Bayden bilan jonli muloqot chog‘ida ochiqchasiga gaplashib olishni taklif qildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Putin Baydenning so‘zlariga hazilom, lekin achchiqqina javob qaytardi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя