Главная » 2021 » Февраль » 8 » Putin dunyoni kim boshqarishini aytdi
22:18

Putin dunyoni kim boshqarishini aytdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun dunyoda fan va texnologiyalar uchun global raqobat tobora o‘sib borayotganini va bunda kim birinchi bo‘lsa, o‘sha dunyoni boshqarishini ma’lum qildi.

«Butun dunyoda fan va texnologiyalar uchun global raqobat jadallik bilan o‘sib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu borada kimda-kim ildamlab ketsa, o‘sha butun insoniyatning keyingi taraqqiyotini belgilab berishi muqarrar», — dedi u fan va ta’lim kengashida.

Prezident ilmiy va texnologik suverenitet Rossiyaning hozirgi va kelajakdagi masalasi ekanligini ta’kidladi. Rossiyada ilm-fan sohasida yetakchilar qatorida bo‘lish uchun hamma sharoit bor, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: boshqarishini, dunyoni, Putin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя