Главная » 2020 » Март » 3 » Putin Konstitutsiyada Xudo nomini tilga olishni taklif qildi
20:40

Putin Konstitutsiyada Xudo nomini tilga olishni taklif qildi


Qayd etilishicha, xabar yozilgan vaqtda Davlat Dumasi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan o‘zgarishlar e’lon qilinmagan, ammo Volodin ularning ayrimlari haqida aytib bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlardan birida Xudo nomini tilga olish taklif etilgan.

“Ming yillik tarixga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, bizga g‘oyalari va Xudoga ishonchini yetkazgan ajdodlar xotirasi, shuningdek, Rossiya davlatining rivojlanish davomiyligini saqlagan holda tarixan barpo etilgan davlat birligini tan oladi”, — deya kiritiladigan o‘zgarishni o‘qib bergan Volodin.

Kiritiladigan yana bir tuzatishda nikoh tushunchasiga aniqlik kiritilgan. Unga ko‘ra nikoh bu — erkak va ayolning birlashmasidir.

Prezident, shuningdek, asosiy qonunda Rossiyada “rus tillari bilan bir qatorda davlat tili sifatida boshqa tillarni o‘rnatish”ga ruxsat berilishini talab qildi. Bunda rus tili davlatni tashkil etuvchi xalq tili maqomiga ega bo‘ladi.

Xabarda aytilishicha, Putin taklif etayotgan o‘zgarishlar 24 sahifada bayon etilgan. Ushbu o‘zgarishlar Davlat Dumasi tomonidan 23-yanvar kuni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan. Kiritiladigan o‘zgarishlarni ikkinchi o‘qishga tayyorlash 2-mart kuni o‘tkazilgan. Hujjat Davlat Dumasida ikkinchi o‘qib eshittirishga qachon ovozga qo‘yilishi hozircha noma’lum.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя