Главная » 2020 » Ноябрь » 16 » Putin koronavirus pandemiyasining yana bir yaxshi tomonini ma’lum qildi
19:18

Putin koronavirus pandemiyasining yana bir yaxshi tomonini ma’lum qildi


Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralarning yopilishi 2020-yil birinchi yarmida Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasini uchdan bir qismga kamaytirishga yordam berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiyaning ijobiy tomonlari haqida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi «TASS».

«Musibat yordam berdi», — dedi u Rossiya xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Davlat rahbari, shuningdek, gubernatorlar giyohvandlikka qarshi siyosat uchun shaxsan javobgar ekanligini ta’kidladi.

«Vakolatli shaxslar uni nazorat ostida ushlab turishi kerak, shuningdek, xususiy narkoreabilitatsiya markazlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur», — dedi Putin.

Rossiya prezidenti yengil giyohvand moddalarni iste’mol qilishning bezrarligini targ‘ib qilayotganlarni fosh etishni talab qildi. Shuningdek, u OAV, ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi zamonaviy axborot siyosatini kengaytirish zarurligini aytdi.

Putinning ta’kidlashicha, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash milliy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U bu yo‘nalishda qat’iyroq harakat qilishga chaqirmoqda.

«Giyohvand moddalar har yili minglab fuqarolarimizni nogiron qilib, o‘ldiryapti», — dedi Rossiya rahbari.


Manba: "xabar.uz"
| Теги: ma’lum qildi, pandemiyasining, Koronavirus, yaxshi tomonini, Putin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя