Главная » 2021 » Октябрь » 13 » Putin MDH davlatlarini xavfdan ogohlantirdi
23:20

Putin MDH davlatlarini xavfdan ogohlantirdi


Afg‘onistonda Iroq va Suriyadan kelgan terrorchilar yig‘ilmoqda. Ular Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlaridagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlari mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlarining xavfsizlik va razvedka idoralari rahbarlari bilan uchrashuvda aytdi. 

Uning ta’kidlashicha, terrorchilik harakatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga yoyilishi mumkin.

“Bu borada Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatni doimiy nazorat qilish va jangarilarga qarshi turishga tayyor bo‘lish, buning uchun kuch tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish, agar kerak bo‘lsa, qo‘shma maxsus operatsiyalarni o‘tkazish muhim”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.

Putin Amerika qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin Afg‘onistondagi holat og‘irlashgani va ISHID guruhining harakatlaridan so‘ng, ushbu vaziyat yanada chigallashganini ta’kidladi.

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistondagi terrorchi guruh va kuchlarga qarshi kurashmoqda. Ular Afg‘onistondan qo‘shni respublikalarga hujum bo‘lmasligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, “Tolibon” rasmiylari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvda ham xavfsizlik masalasi bo‘yicha va’dalar bergan.

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ogohlantirdi, mdh, Putin, xavfdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя