Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Putin nega hali ham COVID-19’ga qarshi vaksina olmagani sababini aytdi
21:40

Putin nega hali ham COVID-19’ga qarshi vaksina olmagani sababini aytdi


Rossiya prezidenti mutaxassislar tavsiyasiga rioya qilgan holda COVID-19’ga qarshi vaksina olmaganini aytdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

“Hozircha ushbu vaksinani, mutaxassislar aytganidek, olmadim. Ammo imkoni paydo bo‘lishi bilan qildiraman”, — degan Putin 17-dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Prezident rossiyaliklarga qilish boshlangan vaksina hozircha hamma yoshdagilar uchun mo‘ljallanmaganligini eslatib o‘tgan.

“Mutaxassislarning aytishicha, bugungi kunda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan vaksinalar muayyan yoshdagi fuqarolar uchun mo‘ljallangan. Mening yoshimdagilar uchun vaksina hozircha yetib kelmadi. Men bu borada qonunga ancha itoatkorman, mutaxassislar tavsiyalariga amal qilaman”, — degan Putin.

Noyabr oyi oxirida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ommaviy vaksinatsiyalash kampaniyasi hali boshlanmaganini va davlat rahbari vaksina sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega emasligini aytgandi.

“Ko‘ngilli sifatida, albatta, davlat rahbari emlashda ishtirok eta olmaydi. Shunchaki davlat rahbari sifatida ko‘ngilli sifatida ishtirok eta olmaydi, bu mumkin emas”, — degan o‘shanda Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 2-dekabrda Putin Rossiyada koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlashni boshlashni buyurgandi. Moskvada emlash markazlari 5-dekabrdan ish boshladi, 17-dekabrga qadar, Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, 15 mingga yaqin kishi emlandi. Sergey Sobyanin shahar aholisining 7 million nafari COVID-19’ga qarshi emlanishi kerakligini aytgandi.

Vaksinani qabul qilish imkoniyatiga dastlab ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy soha xodimlari ega bo‘lgandi. 14-dekabrdan COVID-19’ga qarshi vaksina olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxati kengaytirildi.

Dekabr oyi o‘rtalarida Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Rossiyada ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan: Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” va Novosibirskning “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan “EpiVakKorona”. Har ikkala preparat uchinchi sinov bosqichida va u hali davom etmoqda. “Sputnik V” ishlab chiqaruvchilar uning 95 foiz samaradorligini ma’lum qilgan.

So‘nggi sutkada Rossiyada 28 214 kishi COVID-19’ga chalingani qayd etilgan, infeksiyadan 587 kishi vafot etdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Putin, vaksina, COVID-19’ga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя