Главная » 2021 » Апрель » 24 » Putin rus diplomatlarini quvayotgan davlatlarga qarshi “qadam tashladi”
20:26

Putin rus diplomatlarini quvayotgan davlatlarga qarshi “qadam tashladi”


Rossiya o‘ziga nisbatan nodo‘stona munosabatdagi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari tomonidan rossiyaliklarning ishga olish imkoniyatini cheklaydi. RF Prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.

Ta’kidlanishicha, bu qaror Rossiya xavfsizligi va manfaatlarini himoyalash uchun qabul qilingan.

Hujjatga muvofiq, hukumat tegishli choralar ko‘riladigan nodo‘stona davlatlar ro‘yxatini tasdiqlashi kerak. Farmon hukumatga ish beruvchi bilan bir xil fuqaroligi bo‘lmagan qancha odam Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarda ishlay olishini aniqlashga imkon beradi. Bu tartib akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatlarga tadbiq etilmaydi.

Rossiyada faoliyat yuritadigan ko‘plab xorijiy elchixona, konsullik va madaniy markazlarda mahalliy fuqarolar ishlaydi. Ko‘p hollarda texnik personal diplomatik kvotani band qilmasligini uchun shunday yo‘l tutiladi.

O‘tgan hafta Chexiya tomonidan Rossiyaning Pragadagi diplomatik vakolatxonasining 18 nafar xodimi mamlakatdan chiqarib yuborilganidan so‘ng, RF hukumati rossiyaliklarni Chexiyaning Moskvadagi elchixonasida ishlash uchun kvotasini sezilarli darajada kamaytirdi.

Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov nodo‘stona davlatlargna qarshi choralarga munosabat bildirib, bu cheklovlar biznesga emas, diplomatik vakolatxonalarga taalluqli ekanini ta’kidladi.

Hujjatda, shuningdek, Rossiyaga diplomatik vakolatxonalar va konsullik idoralari, tegishli davlatlarning vakolatxonalari hamda davlat muassasalari vakolatxonalari xodimlari sifatida kelgan yoki kelatyogan nodo‘stona davlatlar fuqarolariga taalluqli emasligi aytilgan.

Avvalroq, yil boshidan beri 11 ta davlat mamlakatdagi rus diplomatlarini chiqarib yuborgani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: davlatlarga, rus, quvayotgan, Putin, diplomatlarini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя