Главная » 2017 » Февраль » 24 » Putin Stalin qilgan xatoni takrorlashi mumkinmi?
16:12

Putin Stalin qilgan xatoni takrorlashi mumkinmi?


“Tarix mamlakatlarning rivojlanish va tanazzulini o‘rganaturg‘on ilmdir”, degan edi Abdurauf Fitrat. Biz ham bugungi kun voqealariga baho berish uchun moziyga sayyohat qilamiz.
 
Tarix sahifalarida kam tilga olinadigan maxfiy kelishuvlardan biri bu SSSR va Fashistlar Germaniyasining Polshani o‘zaro bo‘lib olish to‘g‘risidagi shartnomasi edi.
 
1939 yil 23 avgustda imzolangan Ribbentrop-Molotov pakti do‘stona aloqalarni o‘rnatilganiga, hamkorlik va maxfiy ravishda yangi dunyo tartibotiga ishora qilar edi.
 
Pakt bandlariga ko‘ra, Sovet hukumati fashistlarga, avval Buyuk Britaniya, so‘ng o‘ziga qarshi ishlagan, neftni yetkazib berdi. Tarixda, Gitlerning Polshaga hujumi Britaniya va Fransiyaning Ikkinchi Jahon urushini boshlashiga bahona bo‘lgan edi.
 
Tahlilchi Langfan o‘tmish yana qaytarilishi mumkin deydi:
 
“Vladimir Putin Sovet hukumati rahbari Stalin qilgan xatoni takrorlash arafasida. U Eron yetakchisi Hasan Ruhoniy bilan Suriya masalasini hal qilmoqda, uran boyliklarini forslarga yetkazib berishga kelishdi”.
 
Gitler hujumi natijasida to‘rt million askarini qurbon qilgan Stalin, unga neft va Polshani taklif qilgan edi. Putin ham Eronga, oshkora bo‘lmasa-da, Suriya va uran boyligini va’da qilmoqda. Ikkisining hamkorlikdagi Suriya muxolifatiga qarshi kurashi, Gitler va Stalinning Polshaga hujumiga qiyos bo‘lmoqda. Faqat forslar, Suriyadagi inqiroz davomida nazoratiga o‘tgan hududlar bilan cheklanmay, Rossiya tasarrufidagi yerlarga ko‘z olaytirishi mumkin.
 
Bu motivlarning sodir bo‘lishidan AQSh ham manfaatdor bo‘ladi, albatta. Arab diyorining qalbini egallagan Eron, bu holatda nafaqat dunyo neft zaxiralarining yarmiga, balki kuchli yadroviy qurollarga ham egalik qilishi mumkin.
 
Nazariy jihatdan, bu gipotezalar yuz bermasligi kerak. Ammo, AQSh ichki siyosatidagi tartibsizliklar, Xitoyning tushunib bo‘lmas iqtisodiy ekpansiyasiga qarab, bu sodir bo‘lishi ham tayin masala, deb baholasak bo‘ladi. 

Alisher Ro‘ziohunov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: stalin, Putin, Hato | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя