Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 8 » Putin Telegram bloklanmasligini ma’lum qildi
08:39
Putin Telegram bloklanmasligini ma’lum qildi

Rossiya hukumati ijtimoiy tarmoqlarni va xizmatlarni yopmoqchi emas. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Pryamoy linii» vaqtida shu haqda berilgan savolga javoban aytib o‘tdi.

Videobloger prezidentdan Instagram va YouTube bloklanishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishni so‘ragandi. Bunga javoban Putin shunday dedi: «Biz hech narsani yopmoqchi emasmiz. Men Telegram atrofidagi vaziyatni ham juda yaxshi bilaman. Men o‘z navbatida odamlarimiz xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yaman. Huquq-tartibot organlari menga ma’lum qilishicha, Peterburg metrosidagi portlash vaqtida terrorchilarning yozishmalarini o‘qiy olishmagan, terrorchilar bundan foydalanishgan».

Putin shuningdek, bunday muammolarni hal qilish uchun taqiqlar qo‘llashni yoqlamasligini bildirgan.

«Hammasini taqiqlash oson, ilg‘or yechimlar topish qiyin. Shuning uchun, men jinoyatchilikka qarshi kurashda zamonaviy vositalardan foydalanishni rag‘batlantiraman. Erkinlikni, xususan internetda cheklab bo‘lmaydi», degan u.

Aprel oyi boshida Moskvaning Taganskiy tuman sudi «Roskomnadzor»ning Telegram messenjerini bloklash haqidagi talabini qanoatlantirdi. «Roskomnadzor» 16 aprel kuni Rossiya hududida Telegram’ni blok qilishni boshladi. Bunga messenjer ma’muriyatining FXXga foydalanuvchilar yozishmalarining shifrlash kalitini taqdim etmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Blokirovka jarayonida «Roskomnadzor» taqiqlangan saytlar ro‘yxatiga xosting-provayderlarning (ular orasida Google va Amazon ham bor) 20 milliondan ziyod IP-manzillarini kiritdi. Shu bois Rossiyaning ko‘plab saytlari va servislari faoliyatida uzilishlar kuzatildi. Bundan tashqari, idora Telegram’ga kirish imkonini beruvchi 80 ta VPN va proksi-servislarni ham blokladi.

«Roskomnadzor»ning sa’y-harakatlariga qaramay, rossiyalik juda ko‘plab internet-foydalanuvchilar hali ham Telegram’dan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | Просмотров: 157 | Добавил: ADMIN | Теги: telegram, Putin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |