Главная » 2020 » Ноябрь » 22 » Putinning ehtimoliy vorisi ma’lum qilindi
10:03

Putinning ehtimoliy vorisi ma’lum qilindi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti sifatida Vladimir Putinning vorisi bo‘lishi mumkin.

Bu fikr Xitoyning “Sohu” portalida e’lon qilingan maqola keltirildi.

Ta’kidlanishicha, maqola muallifi uslubi siyosiy maydonda Rossiya rahbariga juda o‘xshash 1970-yillarda tug‘ilgan Qodirovni "yangi siyosiy yulduz" deb atagan.

"U o‘ziga juda ishonadi ... Bir qator vaziyatlarda esa Putindan ham qattiqroq bo‘ldi. Ko‘p yillar davomidagi siyosiy tajribasidan kelib chiqqan holda Ramzan Putinning xatti-harakatlarini to‘g‘ri deb biladi. Bu yo‘nalishdagi uslubi esa Putinnikiga juda o‘xshash, ba’zida esa hatto Putin uslubini o‘rganadi", deyiladi maqolada.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Qodirovga Rossiya prezidentining "hech qachon AQShga bosh egmasligi" va "ularga qarshi javob bera olishi" yoqadi.

Maqolada aytilishicha, Checheniston Rossiyaga "katta muammolar" olib kelgan, ammo Putin hokimiyatga kelgach, bu muammoni hal qilgan. Jurnalist respublikadagi hokimiyatning Qodirovga o‘tishini bunda eng muhim deb atamoqda. Qodirov, uning fikriga ko‘ra, chechenlarni kuchli jamoaga aylantirgan va Rossiyaning boshqa xalqlari bilan birlashtirgan.

"Qodirov maqomining ko‘tarilishi uning Putinga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmadi. U boshida bo‘lgani kabi Putinni hurmat va himoya qiladi. U bir vaqtlar jamoatchilikka Rossiya bilan oldinga borishini va orqaga chekinishini, shuningdek, prezident bilan birgalikda qarshilik ko‘rsatishini aytgan", deyiladi maqolada.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ehtimoliy, vorisi, ma’lum qilindi, Putinning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя