Главная » 2021 » Ноябрь » 3 » Putinning so‘zlari AQSH va Yaponiyani xavotirga solib qo‘ydi – Bloomberg
18:27

Putinning so‘zlari AQSH va Yaponiyani xavotirga solib qo‘ydi – Bloomberg


Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning neft narxi bir barrel uchun 100 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligi haqidagi bayonoti AQSH, Yaponiya va Hindistonni xavotirga soldi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu bayonotdan so‘ng, neftni katta miqdorda import qiluvchi davlatlar neft qazish hajmini oshirish uchun OPEK+ (Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti)ga so‘nggi yillarda eng kuchli diplomatik bosimni o‘tkaza boshlagan.

“Bayden ma’muriyati benzin narxining so‘nggi yetti yilda eng yuqori ko‘rsatkichga yetganidan ko‘proq xavotirda. Mana bir necha haftadirki, ma’muriyat OPEK+ni ko‘proq neft ishlab chiqarishga chaqirmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Yaponiya ham o‘ziga xos bo‘lmagan siyosiy qadam tashlagan va AQSHning ushbu chaqiriqlariga qo‘shilgan. Xitoy esa hozirgacha sukut saqlamoqda. Biroq ekspertlar orasida ushbu fikrni yoqlamaydiganlar ham bor. 

“Qo‘shma Shtatlar, Yaponiya va Hindiston rasmiylari bir-birlari bilan alohida gaplashdilar, shuningdek, boshqa yirik neft iste’molchilari va eksport qiluvchi davlatlar bilan ham aloqaga chiqdilar. Chaqiriqlar taxminan uch hafta oldin boshlangan, biroq so‘nggi kunlarda bir barrelning narxi 85 dollarga ko‘tarilganidan keyin kuchaygan”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 25 oktyabr kuni Amerikaning WTI neft markasi qiymati 2014 yil oktyabr oyidan beri birinchi marta barreliga 85 dollardan oshdi, dekabr fyucherslari esa 85,03 dollarga savdo qilinmoqda. Brent markali neftning yanvar fyucherslari narxi bir barrel uchun 85,59 dollargacha ko‘tarilgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi OPEK+ kelishuvining ayrim a’zolari avvalroq yoqilg‘i ishlab chiqarish sur’atini oshirishdan ehtiyot bo‘lish zarurligini ta’kidlagan edi. Mutaxassislarning fikricha, narxlarning oshishiga aynan shu bayonotlar sabab bo‘lgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bloomberg, solib, qo‘ydi, Russia, so‘zlari, Rassiya, AQSH, Putin, Yaponiya, xavotirga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя