Главная » 2020 » Июнь » 25 » Qabul – 2020. Abituriyentlar diqqatiga!
18:55

Qabul – 2020. Abituriyentlar diqqatiga!


Bugun AOKA anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov tomonidan berilgan muhim ma’lumotlar:

Test sinovlari joriy yilda avgust oyida katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi. Abituriyent o‘zi tanlagan hududda, Davlat test markazi tomonidan onlayn tarzda taqdim etiladigan ruxsatnomasida belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

2020/2021 o‘quv yili qabulida test sinovlarini har bir abituriyent uchun binolarda 3 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan joy ajratib, qoida tariqasida, bir kunda ikki yoki uch smenada o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga va binoga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilar bilan kirishi taqiqlanadi.

Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Test topshiriqlari soni 60 tani tashkil etadi. Bunda, birinchi fan bo‘yicha 30 ta savol, har bir savolga 3,2 ball beriladi va 96 balni tashkil etadi, ikkinchi fan bo‘yicha ham 30 ta savol, har bir savolga 3,1 ball beriladi va 93 balni tashkil etadi. Eng yuqori ball 189 ni tashkil etadi.

Imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi, ular barcha binolardagi test sinovlarini (test2020.uz sayti orqali) onlayn kuzatib borishlari mumkin.

2020/2021 o‘quv yilida oliy harbiy ta’lim muassasalari nomzodlariga istisno tariqasida test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi berildi. 

2020/2021 o‘quv yili qabulida OTMga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun xorijdan turib ro‘yxatdan onlayn o‘tgan abituriyentlar O‘zbekistonga kirish test sinovlari boshlanishidan kamida uch hafta oldin kelishi hamda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy qilingan karantin talablarini to‘liq bajarganidan so‘ng, Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi taqdim etgan xulosalari asosida test sinovlariga kiritiladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qabul – 2020. Abituriyentlar diqqat | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя