Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Qadimgi mayyalarni qirib yuborgan dahshatli halokat aniqlandi
11:58

Qadimgi mayyalarni qirib yuborgan dahshatli halokat aniqlandi


San’at, me’morchilik, matematika, astronomiya va fanning boshqa cho‘qqilarini zabt etgan qadimgi mayyalar tamadduni halokatiga nima sabab bo‘lgan? Olimlar hanuz buni aniqlashga urinishyapti.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar mayyalar halokatiga qisman vulqon sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda «Gizmodo» yozmoqda.

Olimlar zamonaviy Salvadordagi Ilopango vulqoni otilgan vaqtni aniqlashdi. Taxminan 1589 yil burun sodir bo‘lgan tabiiy ofat halokatli bo‘lgan. Olimlarga ko‘ra, vulqon uyg‘onishi oqibatida 50 kub kilometr magma otilib, 2 million kvadrat kilometr (O‘zbekiston hududidan to‘rt baravar ko‘p) maydonni kul qoplagan. Mayyalar umrguzaronlik qilib kelgan yerlarni Ilopango bir necha o‘n yillar yashab bo‘lmaydigan holatga keltirgan.

Iqlim o‘zgarishlarini o‘rganuvchi geolog Gerald Xaug mayyalar tamadduni inqiroziga qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida 2012-yilda yozgandi. Tadqiqotlarga ko‘ra, milodiy 800-950-yillar oralig‘ida bu yerlarda yog‘in miqdori 25-40 foizga kamayib ketgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: halokat, qirib yuborgan, dahshatli, Qadimgi, mayyalarni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя