Главная » 2021 » Июнь » 3 » Qalbaki dollar «uchib keldi»
22:20

Qalbaki dollar «uchib keldi»


Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida  «Istanbul–Olma-ota–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchilardan biri fuqaro K.U.ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Natijada, yuk sumkalaridagi sochiqlar orasida 5000 AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutalar borligi aniqlandi.

Ammo mazkur valyutalarning haqiqiyligi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida kupyuralarning barchasi qalbaki bo‘lib chiqdi. Eng qizig‘i shundaki, kupyuralarning aksariyatida seriya raqamlari ham bir xil edi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, valyutalarni qabul qilmoqchi bo‘lgan shaxsning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, avtomashinada yana soxta 5000 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qalbaki, uchib, dollar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя