Главная » 2017 » Апрель » 10 » Qalblaringizni nima bog‘lab turadi?
13:58

Qalblaringizni nima bog‘lab turadi?


Sevgimi yo do‘stlik?

Ba’zida do‘st deb yurgan insoningga nisbatan qalbingda boshqacha hislar uyg‘onganini sezmay qolasan kishi, gohida esa aksincha «Sevaman» deb o‘ylaysan-u, aslida, orangizda mustahkam do‘stlik shakllangan bo‘ladi. Qiz bola uchun o‘z tuyg‘ularini vaqtida aniqlab, shunga ko‘ra munosabatlarni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi. Ushbu test yoningizdagi yigitga nisbatan aslida qanday tuyg‘ularni his etayotganingizni aniqlashga ko‘maklashadi. Savollarga javob berish orqali o‘zingizni qiynayotgan masalaga aniqlik kiritib olishingiz mumkin.

1. Dugonangizning tug‘ilgan kuniga ko‘ngil qo‘ygan insoningiz ham keldi, biroq siz boshqa yigit bilan gaplashib turibsiz. O‘z xatti-harakatingizni qanday izohlaysiz?

A) «Uning rashkini keltirish uchun shunday qilayapman-da».

B) «Hamma men bilan gaplashishni istasa, ayb mendami?»

V) «Avvalgi safar u boshqa qiz bilan gaplashib turgandi. Endi teng bo‘ldik».

2. Ko‘rishganingizda uning kayfiyatini aniqlashga qiyinalasizmi?

A) «Aslo. Buni sezish umuman qiyinmas».

B) «Kamdan-kam hollarda aniq bilishim mumkin. Kayfiyati tushkun bo‘lgan taqdirda ham doim qarshimda jilmayib turadi».

V) «To‘g‘risi, o‘zimning kayfiyatim yomon bo‘lganida, boshqalarning holati bilan qiziqmayman».

3. Ko‘ngil qo‘yganingiz qaysidir xatta-harakatingizga qoyil qoldi va sizga tahsin aytmoqda...

A) «Uning fikri men uchun naqadar muhim ekanin ta’kidlayman».

B) «Oddiy holdek qabul qilaman».

V) «Ko‘nglim ko‘tarilganini aytib, minnatdorchilik bildiraman».

4. Bir-biringizga biror sababsiz ham sovg‘a berib turasizlarmi?

A) «Ha, tez-tez shunday bo‘ladi».

B) «Kamdan-kam bo‘lsa ham, besabab sovg‘a berib turaman».

V) «Aslida, o‘zim unga katta sovg‘aman. Ortiqcha xarajatga o‘rin yo‘q, menimcha».

5. U qaysi taomni sevib tanovul qilishini aniq bilasizmi?

A) «Bu haqda so‘ramagan ekanman...»

B) «Nafaqat bilaman, balki, ularni tayyorlashni ham eplayman».

V) «So‘raganman-u, lekin hozir yodimda yo‘q».

6. Sevib qolganingizdan keyin hayotingizda qandaydir o‘zgarishlar sodir bo‘lgandir balki?

A) «Hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Haliyam o‘sha-o‘shaman».

B) «Atrofdagi hamma meni mijg‘ovlikda ayblayapti. Bitta gapni qayta-qayta takrorlayverarkanman».

V) «Dugonalarim men bilan gaplashish yanayam qiziqroq bo‘lganini aytishayapti».

7. Sevgilingiz kurakda turmaydigan hazili, qilig‘i yoki gaplari bilan g‘ashingizga tegishni boshladi...

A) «Yo‘q, aytmasam portlab ketaman».

B) «Yuziga aytib yubormaslik uchun zo‘rg‘a o‘zimni tutib turaman».

V) «Chidayman. To‘g‘risini aytganda o‘zim ham ba’zida shunday qilishim mumkin».

8. Oxirgi paytlarda u sizga xiyonat qilayotgandek tuyulayapti...

A) «O‘zi bilan gaplashib, hammasiga oydinlik kiritib olaman».

B) «Faqat tuyulayotganining o‘zi undan shubha qilishimga asos bo‘lolmaydi».

V) «Har qanday vaziyatda ham menga sodiqligiga ishonaman».

http://storage.darakchi.uz/source/1/xK6i0coIjbnT463X6guxg4-1NVERCYXZ.jpg

Natija:

0-20 ball: O‘zingizni sevasiz, faqat o‘zingizni!

Albatta ikkingizning o‘rtangizda o‘ziga xos magnit bor. U bir biringizni tortib turadi. Biroq bu munosabatlarni muhabbat deb atasak ozroq mubolag‘a qilgan bo‘lamiz. Yigit sizning barcha istaklaringizni so‘zsiz amalga oshirayogani uchungina «Uni sevaman» deb o‘ylayotgandirsiz ehtimol? Bizningcha esa siz hammadan ham ko‘proq o‘zingizni sevasiz. Tan oling axir uning muammolari sizni deyarli qiziqtirmaydi-ku. Biror marta «U hozir nima haqida o‘ylayapti» degan fikr xayolingizga kelganmi? Munosabatlaringiz uzoq muddat davom etmasligining ehtimoli yuqori. Biroq buning ham ijobiy tomoni mavjud. Kelgusida chindan ham yuragingizni hayajonga sola oladigan insonni uchratish imkoniyatingiz ortadi.

21-33 ball: Orangizda mustakam do‘stlik

O‘rtangizdagi hurmat va o‘zaro ishonch muhabbatdan ko‘ra ko‘proq do‘stlikni yodga soladi. Ishda yoki o‘qishda biror noxushlik yuz berganida ham, hayratga tushsangiz yoki kayfiyatingiz yo‘qligida ham birinchi bo‘lib u bilan o‘rtoqlashasiz. Uning yutuq va kamchiliklarini ham sizdan yaxshi biladigan inson kam. Biroq munosabatlaringizga jo‘shqinlik va hayajon yetishmayotgandek. Odatda munosabatlarni siz yo‘naltirib turarsiz. Oson til topishishingizga qaramay munosabatlaringiz birgalikda kino tomosha qilishdan nariga o‘tmasligining ehtimoli yuqori.

34-48 ball: Qalbingizda muhabbat kurtak yozibdi

Ikkingizni chuqur va yoqimli tuyg‘ular birlashtirib turadi. Bir-biringizsiz hayotingizni xatto tasavvur ham qila olmaysiz. Sevgilingizning har bir odati, har bir harakatini yaxshi ko‘rasiz. Unga shunchaki boqib ham bir olam zavq olishingiz mumkin. Ba’zida xotirangiz sustligi bois yoringiz xush ko‘radigan yeguliklar haqida ma’lumotlarni unutarsiz, balki. Ammo aynan shunday mayda-chuydalar munosabatlarga iliqlik va quvonch baxsh etishini ham inobatga olib qo‘ying.

MAFTUNA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: sevgi, bog‘lab turadi, nima, Do'stlik, Qalblar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя