Главная » 2017 » Январь » 26 » Qamchiq dovonida poezd halokati yuz berdi...mi?
16:08

Qamchiq dovonida poezd halokati yuz berdi...mi?


Avvalroq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qamchiq dovonidan o‘tuvchi Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poezdning qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan haqida xabar bergandi. O‘shanda ijtiomiy tarmoqlar orqali bu yo‘lda sodir bo‘lgan noxush hodisa sabab bo‘lgan degan taxminlar ilgari surilgandi. Bir necha kundan buyon “Voditeli Tashkenta” guruhida ham yo‘ldagi poezd vagonlarining ag‘darilib yotgan holati aks etgan fotosuratlar muhokama qilinmoqda.
 
Xabaringiz bor, shu kuni, ya’ni 23 yanvar kuni Farg‘ona vodiysida yer silkinishi kuzatilgani haqida xabar bergan edik. Zilzila quvvati Farg‘onada 4 ball, Namangan va Andijonda 3 ball bo‘lgan edi.
 
RIA Novosti agentligi tarqatgan xabariga ko‘ra, mazkur yer silkinishi sabab Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi yuzaga kelgan va natijada yuk tashuvchi poezdning vagonlari relsdan chiqib ketgan. Voqea sabab hech kimga zarar yetmagan.
 
Ayni vaqtda “O‘zbekiston temir yo‘llari” va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan temir yo‘lining zararlangan qismi ta’mirlanmoqda. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qamchiq dovoni, poezd halokati, yuz berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя