Главная » 2021 » Август » 23 » «Qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilayotganda xodimlar mazax qilib videoga olgan» — huquq faoli
10:48

«Qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilayotganda xodimlar mazax qilib videoga olgan» — huquq faoli


Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Shayxali qo‘rg‘onchasida joylashgan qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov ma’lum  qildi.

«Qarshi yaqinidagi Shayxali posyolkasi 35-sonli manzil koloniyada 19 yashar mahkum J. D. o‘z joniga qasd qilibdi. Hayratlanarlisi, uning lezviya bilan tomirlarini ochayotganini qamoqxona xodimlari shaxsiy telefoniga videoga olib turgan. Ustidan kulib, izza qilishgan.

So‘ng yigitni izolyatorga qamashibdi, zonaga qaytarishmoqchi ekan. Bu hodisadan Qashqadaryo maxsus prokurorining g‘azabi qo‘zg‘ab, xodimlarga ish qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari boshlandi, Ombudsmanning mahalliy vakillari ham keldi, dedi voqea guvohlaridan biri.

Militsiyaning bunday harakatlariga quloqlar ham o‘rganib qoldi», – deb yozmoqda Abdurahmon Tashanov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qamoqxonada, huquq, qasd, o‘z joniga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя