Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Qanchalik tejamkor bekasiz? Tekshirib ko‘ring!
09:53

Qanchalik tejamkor bekasiz? Tekshirib ko‘ring!


Bu savollarga quyidagi test orqali javob topib, lozim bo‘lsa, ayrim odatlaringizga tuzatishlar kiritishingiz mumkin.
1. Oziq-ovqat do‘koniga qanchalik ko‘p borasiz?

a) Haftada bir marta.
b) Ba’zan shunchaki, ba’zan zarurat yuzasidan.
v) Har kuni.

2. Do‘konga borayotganda aynan qaysi mahsulotlarni xarid qilish uchun ketayotganingizni aniq bilasizmi?

a) Ha, qo‘limda ro‘yxat bo‘ladi.
b) Ro‘yxatim bo‘lmaydi, ammo nima olishimni yoddan bilaman.
v) Yo‘q, hammasini o‘sha yerda hal qilaman.

3. Yig‘ib qo‘ygan pullaringizni arzon uchrab qolgan etik yoki palto uchun sarflab yuborishingiz mumkinmi? 

a) Yo‘q, hech qachon.
b) Odatda unday emas, ammo buyum juda yoqib qolsa, bo‘lishi mumkin.
v) Ha, bunaqasi ko‘p bo‘ladi.

4. Yirik xarid uchun pul yetmay qolsa, katta miqdorda qarz olishingiz mumkinmi?

a) Qarz olishni yomon ko‘raman.
b) Buning nimasi yomon?!
v) Pul yetmasa, yagona yo‘li qarz olish. 

5. Qarz so‘raganingizda, rad javobini olganmisiz?

a) Yo‘q, odatda so‘rashim bilan berishadi.
b) Ba’zida ha.
v) Ko‘pincha rad javobini berishadi.

6. Ayni damda yoningizda qancha pul borligini aniq ayta olasizmi?

a) Ha, tiyin-tiyinigacha.
b) Taxminan.
v) Yo‘q.

7. Yangi narsa olishni oldindan rejalashtirasizmi? 

a) Albatta.
b) Odatda ha, ammo yaxshi narsa uchrab qolsa, olishim mumkin.
v) Yo‘q, rejalashtirmayman, yoqqan narsani olaveraman.

8. Pulni tejamayotganingiz uchun oila a’zolaringizdan dakki eshitganmisiz? 

a) Yo‘q, hech qachon.
b) Ba’zi-ba’zida.
v) Kunda dakki eshitaman.

9. Maosh olganingizda, uning bir qismini olib qo‘yasizmi?

a) Ha, odatda shunday.
b) Ba’zida olib qo‘yish esdan chiqadi, keyin oylikkacha qiynalib qolaman.
v) Yo‘q, olib qo‘ymayman, pulim qolmasa, kimdandir qarz so‘rayman.

10. Mehmon kutayotganingizda siz:

a) pishiriqlarni o‘zingiz pishirasiz, arzonroq tushadi;
b) juda katta xarajatga yo‘l qo‘ymasangiz-da, ortiqcha xasislikni ham o‘zingizga ep ko‘rmaysiz;
v) shavla ketsa ketsin, obro‘ ketmasin, shioriga amal qilasiz.

Natijalar

«A» javobi ko‘p bo‘lsa: siz tajribali va tejamkor bekasiz. Sizdan ibrat olsa bo‘ladi.
«B» javobi ko‘p bo‘lsa: sizni tejamkor deyish qiyin. Lekin ko‘pincha keraksiz xaridlarga yo‘l qo‘yasiz. O‘zingizni tiyishga harakat qiling.
«V» javobi ko‘p bo‘lsa: siz isrofgar ayolsiz. Pulni sanamay ishlatasiz. Pulga va xaridlarga munosabatingizni zudlik bilan o‘zgartirishingiz kerak.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Tekshirib ko‘ring, Qanchalik, tejamkor beka | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя