Главная » 2020 » Август » 21 » Qanday iqlim sharoitida koronavirusning oson tarqalishi aytildi
20:20

Qanday iqlim sharoitida koronavirusning oson tarqalishi aytildi


AQShning Missuri universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus zarralari tarqalishi tezligi nam havo sharoitida oson va yuqori bo‘lishini aniqlashgan. Tadqiqot natijalari nam iqlimda odam nafas chiqargandagi tomchilarda virusning faolligi vaqti quruq havodagiga nisbatan 23 marta oshishini ko'rsatgan.

Namlik nafas bilan chiqadigan tomchilarga ta’sir qiladi, chunki havo ularning bug‘lanib ketishi jarayonini tezlashtiradi. Shuningdek, yuqori namgarchilikda 50 mikron o‘lchamdagi mayda tomchilar nafas chiqarganda 5 metrgacha uzoqlikkacha boradi. Havo namligi 50 foiz bo‘lganda esa bu masofa 3,5 metrdan oshmaydi.     

Agar xona yoki ko‘chada havo quruq bo‘lsa, unda nafas bilan atrof-muhitga chiquvchi tomchilar 1,7 soniyada bug‘lanib ketadi. 

Mutaxassislar, shuningdek, yo‘tal vaqtida atrof-muhitga tarqaluvchi virus zarralarining deyarli 70 foizi yerga cho‘kishini, qolgan qismi esa turli ob’ektlarda qolishini aniqlashgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: sharoitida, Qanday, koronavirusning, aytildi, iqlim, oson tarqalishi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя