Главная » 2017 » Июль » 31 » Qanday mahsulotlar insult va infarktning oldini oladi?
11:57

Qanday mahsulotlar insult va infarktning oldini oladi?


Bugungi kunda yurak xastaligiga uchrayotgan kishilar haqida ko‘p eshitamiz. Bu kasallik hozirga qadar qanchadan-qancha odamlarning umriga zomin bo‘lmoqda. Xo‘sh, xastalik xavfini kamaytirishning imkoni bormi?

Rossiyalik olimlar ko‘p yillik izlanishlardan so‘ng, yurak kasalliklari va gipertoniya xavfini kamaytiruvchi mahsulotlarni aniqlab, ro‘yxatini tuzishdi. Ro‘yxatda 10 ta foydali mahsulotlar nomi keltirilgan.

Shifokorlarning fikricha, kashnich yoki uning sharbatini har kuni ichish insultga chalinishning oldini oladi. Sababi, bu o‘simlik tarkibida kapillyar va qon tomir devorlarini mustahkamlovchi modda mavjud.

Yangi kartoshka esa yurak mushaklariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi erkin radikallarni tanadan tozalaydi. Yaxshisi, yozgi kartoshkaning po‘stini artmang. Unda kaliy moddasi ko‘p bo‘ladi.

Pomidorda qon bosimini normallashtirib turuvchi likopin pigmenti mavjud.

O‘rik sharbati bosh miyani yaxshi oziqlantirib,organizmni kislorodga to‘yintiradi. Shuningdek, u yurakni vitamin bilan ta’minlaydi.

Malina, uzum, imbir, sarimsoq ham yurak xastaliklariga chalinishning oldini olishga xizmat qiladi.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: mahsulotlar, qanday, oldini oladi, insult va infarkt | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя