Главная » 2020 » Февраль » 22 » Qanday qilib ishonchli parol o‘ylab topish mumkin? FQB tavsiya qiladi
08:07

Qanday qilib ishonchli parol o‘ylab topish mumkin? FQB tavsiya qiladi


AQSh federal qidiruv byurosi kiberjinoyatchilar ta’qibiga dosh bera oladigan ishonchli parol qanday bo‘lishi kerakligi xususidagi tavsiyalarni berib o‘tishdi.
 
Jamiyatimizda kibertahdidlar xavfi oshib borayotgan bir paytda internet foydalanuvchilari hali ham “123456”, “qwerty” yoki “abc123” kabi juda oddiy parollarni tanlashmoqda. Bunday parollarni buzib kirish kiberjinoyatchilar uchun ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.
 
“h@5elk0” ishonchli parol bo‘la oladimi? Mutaxassislar “ha” deb javob berishmoqda. Unda kamida 7 ta belgi bor, kichik va katta harflar, raqam va maxsus simvollardan foydalanilgan. Biroq eng ishonchli parol – bu juda uzun paroldir. Taxmin qilib bo‘lmaydigan simvollarning ko‘pligi kiberjinoyatchilar uchun haqiqiy muammo tug‘diradi.

FQB kamida 15 ta belgidan iborat parollardan foydalanishni maslahat bermoqda. Ular bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir nechta so‘zlarni o‘z ichiga olib, noodatiy tarzda bir-biriga bog‘lanishi kerak. Shu bilan birga foydalanuvchi uni osongina eslab qolishi muhim. Agar uning xonasida to‘lqinlanib turgan dengiz surati osig‘liq turgan bo‘lsa, “to‘lqinlanibturGANdenGIZkalendari” deb parol qo‘yish mumkin. Agar bunga yana biror raqam va maxsus simvol qo‘shilsa, parol ideal ko‘rinish oladi. Parolga hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.

Yana bir muhim maslahat. Parolni eslashga yordam beradigan aniqlashtiruvchi savollarni chetlab o‘ting. Bu kiberjinoyatchilarga juda qo‘l keladi.
 
Parol menejerlari haqida nima deyish mumkin? Ushbu masala bo‘yicha “federallar” ikki xil fikrda. Ayrimlar “kiberjinoyatchi bazadan parolni olishi bilanoq qolgan barcha parollaringizni bilib oladi” desa, boshqa birlari esa bunday dasturlar turli saytlardagi hisoblarimizni yanada samarali himoya qilishga imkon beradi, degan xulosani aytishmoqda. 

Parollarni tez-tez o‘zgartirib turish ham yaxshi odat emas. Mutaxassislar kimdir bilib qolganidan shubhalangan holatdagina parolni o‘zgartirish lozimligini ta’kidlashmoqda.

Yodda tuting: yaxshi parol – bu:
* avval hech qachon ishlatilmagan;
* juda uzun (eng kami 15 ta belgili);
* katta va kichik harflar ishlatilgan (raqam va maxsus simvollar ham mos keladi);
* hech qanday shaxsiy ma’lumotni aks ettirmagan;
* bir nechta so‘zdan iborat;
* taxmin qilib bo‘lmaydigan (hatto, yaqin odamingiz ham topolmaydigan);
* biroq oson eslab qolinadigan so‘z va raqamlar yig‘indisidan iborat bo‘lishi kerak.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя