Главная » 2020 » Май » 11 » "Qanotchi" restorani nega ishga tushirildi? Rasmiy izoh berildi
09:50

"Qanotchi" restorani nega ishga tushirildi? Rasmiy izoh berildi


Bu poytaxtimiz maskanlari bosqichma-bosqich ochilishi uchun chora-tadbirlar tartibini ishlab chiqish uchun zarur edi. Ayni vaqtda eksperiment yakuniga yetgan, restoran yopilgan.
 
SEOM, IIBB va Toshkent shahar hokimligining umumiy xulosasiga asosan, shahar umumiy ovqatlanish maskanlarining ochilishi uchun choralar rejasi hamda reglamenti ishlab chiqiladi.
 
Eksperiment doirasida Qanotchi restorani ma’muriyati o‘z hisobidan ovqatlanish zalini SEOM me’yorlari asosida jihozlab, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi va mehmonlarni zalda joylashtirish, ularga xizmat ko‘rsatish va kiritish bo‘yicha barcha belgilangan choralarni ishlab chiqdi.
 
Batafsil foto- va videohisobot maxsus Komissiyaga qaror qabul qilish uchun taqdim qilinib, uning asosida umumiy ovqatlanish maskanlarini ishga tushirish tartibi belgilanadi.
 
Restoranning odatiy tartibda ishga tushgani haqida ommaga taqdim qilingan ma’lumot yuzasidan esa, noto‘g‘ri axborot tarqatib poytaxt aholisiga yanglish ma’lumot berishda aybdorlar, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: restorani, QANOTCHI, izoh berildi, rasmiy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя